18 апреля, 2014

BOZOR MEXANIZMINING KAMCHILIKLARI

Bozorning salbiy tomonlari ham mavjud bo`lib, ularga qisqacha ta'rif berishni joiz deb topdim, garchi ba'zi tanqidiy fikrlarga uchrasada har kim o`zining qarashlariga egadir:

    1)      Takror ishlab chiqarilmaydigan resurslarning saqlanishiga ko`maklashmaydi;
    2)      Atrof-muhitni himoya qilishning iqtisodiy mexanizmiga ega emas, faqat qonuniy hujjatlar tadbirkorlarni turli xil ekologik ishlab chiqarishni yaratish uchun mablag` sarflashga majbur etishi mumkin;
    3)      Butun isnoniyatga tegishli bo`lgan resurslardan, masalan, okeandagi baliq boyliklaridan foydalanishni tartibga solmaydi;
    4)      Bozor sharoitida ba’zan qabul qilinayotgan potensial salbiy oqibatlar inkor etiladi. DDT (mineral o`g`it)ning uzoq vaqt qo`llanilishi bunga misol bo`laoladi. 1948 yilda shvetsiyalik kimyogar P.Myuller DDTni ochganligi uchun Nobel mukofotini olgan edi, u qishloq xo`jalik zararkunadalari, turli xil kasalliklar, jumladan, bezgak kasalligini tarqatuvchilarga qarshi kurashda keng qo`llaniladi. Lekin, 60-yillarning boshlariga kelib, DDT organizmlarning irsiy tuzilishiga ta’sir etadigan kuchli zaxar ekanligi ravshan bo`lib qoldi. Shunga qaramay R.Garson “o`lim dorisi” deb atagan bu modda AQSHda 1972 yilgacha ishlab chiqarildi va qo`llanilib kelindi.
5)      Jamoa bo`lib foydalaniladigan tovarlar va xizmatlarni (yo`llar, dambalar, jamoat transporti, maorif, sog`liqni saqlash va h.k.z) ishlab chiqarish uchun rag`batlantni vujudga keltirmaydi;
6)      Mehnat va daromad olishni kafolatlamaydi, daromadni qayta taqsimlashni ta’minlaydi. P.Samuelsonning so`zlariga ko`ra, bozor tizimi jiddiy tengsizlikni takror ishlab chiqaradi;
7)      Fanda fundamental tadqiqotlarni ta’minlamaydi;
8)      Bozor ijtimoiy zarur bo`lgan tovarlarni ishlab chiqarishga emas, balki puli bor odamlarning ehtiyojini qondirishga yo`naltirilgan. A.Blomkvist, P.Vonnakott fikricha, zaif va himoyasizlarga u ochlikdan o`lish erkinligidan ko`proq narsa bera olmaydi.
9)      Beqaror rivojlanish va shunga xos bo`lgan retssesion hamda inflatsion jarayonlarga mubtalodir. 
Bunday kamchilik va tanqidiy qarashlarni davom ettirish mumkin, agarda “o`zgacha xulosa” tug`ilib qolsa qabul qilinadi.

P/S: Bunday kamchiliklar dunyo iqtisodiyotiga tayangan holda bildirildi.

12 апреля, 2014

JAMIKI KO`CHMAS MULK HAJMI QANCHA?

Bir necha halqaro rieltorlik agentliklarning mutaxassislari dunyodagi jamiki ko`chmas mulk qiymatini hisoblab chiqishdi.Ularning ma’lum qilishlaricha, dunyoda mavjud bo`lgan turar joy binolari va boshqa inshootlarning umumiy qiymati 180 trillion dollarni tashkil etar ekan.


Yashash uchun mo`ljallangan binolar jami ko`chmas mulkning 72% ini tashkil etadi. Bu asosan o`rta darajadagi aholi istiqomat qiluvchi uylardir. Yevropaliklarning uchdan bir qismi va osiyoliklarning 27 % ini ortiqcha puliga ko`chmas mulk sotib olishni ma’qul ko`rishlari ma'lum bo`ldi. Mablag`i 30 million dollardan ortiq bo`lgan korchalonlarga esa dunyodagi ko`chmas mulkning faqat 3 % i to`g`ri kelar ekan. Ularning umumiy miqdori yoki qiymati esa 5 trillion dollardan ortiq.

"APPOSTILLE" NIMA DEGANI?

Hukumatimizning 2011 yil 17 noyabrdagi tegishli qarori 1-ilovasiga ko`ra, “Apostil qo`yish tartibi to`g`risida”gi Nizom tasdiqlandi va u 2012 yilning 15 aprelidan e’tiboran qonuniy kuchga kirdi. Unda respublikamiz hududida tuzilgan rasmiy hujjatlarga “Apostille” – apostil qo`yish tartib-qoidalari aniq belgilab berildi.

Apostil – maxsus shtamp hisoblanadi. U hujjatga qo`l qo`ygan shaxsning imzosi, shu hujjatni tasdiqlaydigan muxr yoki shtampning bosma izi haqiqiyligini tasdiqlaydigan xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi Konvensiyaga muvofiq berilayotgan rasmiy hujjatga chet elda foydalanish uchun qo`yiladi. Soddaroq qilib aytganda, apostil qo`yish ushbu hujjatni imzolagan shaxsning imzosi, muxr yoki shtamp izi haqiqiyligini tasdiqlashning rasmiy tartib-qoidasidir.
Shuningdek, apostil qo`yish tartibida “yulduzch” ham mavjud. U hujjat varaqlari mahkamlanadigan joyga yopishtiriladigan hamda apostil qo`ygan vakolatli davlat idorasining gerbil muhri bosiladigan qalin qog`zodir.

Apostil shakli o`zbek yoki ingliz tilida to`ldiriladi. U qo`yilgandan so`ng qo`shimcha ravishda tadiqlash talab qilinmaydi. 

11 апреля, 2014

NEFTNI NARXI OSHISHI KUTILMOQDA

Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK) joriy yilda dunyo bo`yicha neftga bo`lgan talabning yanda oshishini taxmin qilmoqda. Xususan, kuniga qazib olinayotgan “qora oltin” hajmi 1,14 million barrelga ko`payib, umumiy miqdor 91,14 million barrelga yetishi mumkin. Bashoratlarga ko`ra, neftga bo`lgan talab avval taxmin qilinganiga qaraganda, kuniga 50 ming barrel yuqori bo`ladi.

Ayni damda OPEKga a’zo b`olgan mamlakatlarda neftga bo`lgan talab fevral oyining o`zida kuniga 100 ming barrel ko`p bo`lib, ya’ni umumiy hajmdan 29,7 million barrel darajani tashkiletgan. Tashkilotga a’zo bo`lmagan davlatlarda esa neftni qazib olish kuniga 1,3 million barrelni berib, 55,49 million barrelni tashkil etgan.

OPEK fevral yida xom-ashyoga bo`lgan talab keskin ko`tarilib, narx 70%ga, umumiy qiyamti 105 $gacha oshgani qayd qilib o`tgan. Asosiy sabablar sifatida mahsulotning yetkazib berishdagi kechikishlar va ba’zi mamlakatlardagi siyosiy holatning yomonlashganligi ham keltirilgan. 2013 yil yakuniy holatiga ko`ra, neftga bo`lgan extiyoj 70 ming barrelga oshishi va kuniga 1,05 million barrelgacha yetishi prognoz qilingan edi.

12 марта, 2014

ENG QIMMAT SHAXAR - 2014

Buyuk Britaniyaning “The Economist – Economist Intelligence Unit” (EIU) nashri taxliliy markazi tomonidan o`tkazilgan tadqiqot natijalariga ko`ra, Singapur 2014 yilning dunyo bo`yicha eng qimmat shaxri, deb topilgan.
2004 yilda shaxar yashash darajasi bo`yicha 18 o`rinni band etgandi. Singapur dollarining kuchliligi bilan birgalikda communal xizmatlar va avtomobillarga xizmat ko`rsatish narxining yuqoriligi Tokioni birinchi o`rindan chetlatish uchun Singapurga asos bo`ldi.

Shuningdek, Parij, Oslo, Syurix va Sidney ham eng qimmat shaxarlar qatoridan joy olgan bo`lsa, Tokio, Karakas, Jeneva va Melburn oltinchidan to`qqizinchi o`rinlarni egallagan. Kopengagen esa ro`yxatning 15 pog`onasidan 10 o`ringa ko`tarilgan.





Xindistonning katta shaxarlari hamda Karachi (Pokiston), Damashq (Suriya) va Katmandu (Nepal) yashash uchun eng arzon shaxarlar xisoblandi.

FRANSIYADA TAQCHILLIK
Yanvar oyida mamlakat savdo balansidagi taqchillik o`tgan yilning dekabr oyi bilan solishtirganda oshdi, deb xabar tarqatdi Fransiya savdo maxkamasi. Bunga importga qarganda, eksportning katta miqdordagi qisqarishi guvoxlik beradi.


Yevroxududda iqtisodiyoti jixatdidan ikkinchi bo`lgan mamlakat savdo balansidagi taqchillik yanvar oyida 5,7 milliard yevroni tashkil etdi. Bir yil avval esa bu ko`rsatkich 5,2 milliard yevro miqdorida qayd etilgandi. Yanvar oyida eksport 1,8 %ga tushib ketgan bo`lsa, import 0,3%ga pasaygan, deb xabar beradi fransuz bojxonasi.

Eng serdaromad tarmoqlardan biri bo`lgan tijorat samolyotlari savdosi barqarorligicha qolgan bo`lsa, sanoat tovarlari, biznes-jetlar va dori vositalarini yetkazib berish hajmi pasaygan. 

14 января, 2014

ECONOMIST: Статистика

ECONOMIST: Статистика: YEVROPA IQTISODIYOTI – KIM YETAKCHI
 Buyuk Britaniya 2030 yilga kelib, hozir yetakchi bo`lgan Germaniyani ko`rsatkichlar bo`yicha ortda qoldirib, Yevropada iqtisodiy hokimlikni qo`lga oladi, deya bashorat qiladi(CEBR) ...

ECONOMIST: Янгиликлар

ECONOMIST: Янгиликлар: FRANSIYADA SOLIQ INQILOBI DAVOM ETADI
Fransiya konstitutsiyaviy sudi prezidenti Fransua Ollandning yiliga 1 million yevrodan maosh oluvchi sahxslarning daromadiga 75% soliq stavkasi solinishini ma'lum qildi ...

01 января, 2014

ECONOMIST: Тадқиқот: KELAJAKDAN SO`ZLOVCHI KALKULYATOR

ECONOMIST: Тадқиқот:        
 KELAJAKDAN SO`ZLOVCHI KALKULYATOR Italiyaning Verona universiteti olimlari antiqa kashfiyotlardan birini ma’lum qilishmoqda.  U...

ECONOMIST: MILLIARDERLARNING VORISLARI

ECONOMIST: MILLIARDERLARNING VORISLARI:
1.   . Jenifer Ketrin Geyts Otasi: Bill Geyts; Boyligi: 40 milliard $. Microsoft asoschisi va dunyoning eng ishbilarmon va b...

 badavlat tadbirkori Bill Geytsning erkatoy qizi haqida ko`pchilik bilavermasa ham kerak. Jennifer 1996 yil tavvallud topgan va shu yil o`zining 18 yoshini nishonlaydi. Uning ortidan qolmaydiganlarning sanog`ini bilmasak ham, xar qalay orzu qiladiganlar juda ko`p, axir kim ham merosxo`rning milliardlariga egalik qilishni istamaydi?!

2.      .Aditya & Vanisha – Mittalar



Otasi: Lakshmi Mittal;
Boylik: 38 milliard $.
ArcelorMitta korporatsiyasi direktori va direktorlar kengashi raisi janob Lakshmining o`g`li Aditya korxonaning moliyaviy direktori lavozimida faoliyat yuritsa, qizi Vanisha direktorlar kengashining a’zosi xisoblanadi. 2004 yil millirder qizining to`yiga naqd 60 million $ mablag` sarflaf, marosimni Parijda o`tkazib berdi.



3.       Marta Ortega Perez


Otasi: Amansio Perez;
Boylik: 24 milliard $.
Janob Amansioning yagona qizi bo`lmish Marta xonim otda sayr qilish qiziqadi. Milliarderning o`zi boyliklar manbasi sifatida Zara kiyimlar do`konini ko`rsatish mumkin. Marta garchi otasi badavlat bo`lsada korxonaning eng quyi lavozimida ishni boshlab, Marketing bo`limi mutaxasissligigacha o`z qobiliyati bilan ko`tarilib keldi. 



4.       Delfina Arno


Otasi: Bernar Arno;
Boylik: 16,5 milliard $.
“LVMH“ holding direktori Bernar Arno mashhur Dom Perignon, Donna Karan va TAG Heuer kompaniyalar raxbari xisoblanib, moda sanoatida o`z o`rniga ham egadir. “LVMH”  korporatsiyasi direktorlar kengashining yagona ayol a’zosi Delfina Arno, Londondagi mashhur iqtisodiyot ta’lim muassasida o`qigan bo`lib, 2005 yilda Alessandro Gansiyaga (Gancia vino korxonasining vorislaridan biri) turmishga chiqadi.

5.       Jorjina Blumberg



Otasi: Maykl Blumberg;
Boylik : 16 milliard $.
Moxir chavondoz xisoblangan Jorjina xonim Nyu-Yorklik taniqli siyosat olamida o`z nomiga ega shaxsning erkatoy qizi xisoblanadi. Maykl Blumberg Rider’s Closet xayriya jamg`armasining asoschisi xisoblanadi.