12 апреля, 2014

"APPOSTILLE" NIMA DEGANI?

Hukumatimizning 2011 yil 17 noyabrdagi tegishli qarori 1-ilovasiga ko`ra, “Apostil qo`yish tartibi to`g`risida”gi Nizom tasdiqlandi va u 2012 yilning 15 aprelidan e’tiboran qonuniy kuchga kirdi. Unda respublikamiz hududida tuzilgan rasmiy hujjatlarga “Apostille” – apostil qo`yish tartib-qoidalari aniq belgilab berildi.

Apostil – maxsus shtamp hisoblanadi. U hujjatga qo`l qo`ygan shaxsning imzosi, shu hujjatni tasdiqlaydigan muxr yoki shtampning bosma izi haqiqiyligini tasdiqlaydigan xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi Konvensiyaga muvofiq berilayotgan rasmiy hujjatga chet elda foydalanish uchun qo`yiladi. Soddaroq qilib aytganda, apostil qo`yish ushbu hujjatni imzolagan shaxsning imzosi, muxr yoki shtamp izi haqiqiyligini tasdiqlashning rasmiy tartib-qoidasidir.
Shuningdek, apostil qo`yish tartibida “yulduzch” ham mavjud. U hujjat varaqlari mahkamlanadigan joyga yopishtiriladigan hamda apostil qo`ygan vakolatli davlat idorasining gerbil muhri bosiladigan qalin qog`zodir.

Apostil shakli o`zbek yoki ingliz tilida to`ldiriladi. U qo`yilgandan so`ng qo`shimcha ravishda tadiqlash talab qilinmaydi. 

Комментариев нет: