KELAJAKDAN SO`ZLOVCHI KALKULYATOR
Italiyaning
Verona universiteti olimlari antiqa kashfiyotlardan birini ma’lum
qilishmoqda. Ular yaratgan kalkulyator
do`mboqqina chaqaloqni kelajakda ortiqcha vazn xavf solishi mumknligini
aniqlay oladi. Tadqiqotda yangi tug`ilgan chaqaloqlarning 4 mingga yaqini 10
yil mobaynida o`rganilganligi aytilgan.
Ular ishtirokchilarning ulg`ayish
bosqichlarida tanasi og`irligi, tug`ilgandagi vazni, onasining salomatligi va
uning zararli odatlari kabilarni taxlil qilishgan. Natijada ekspertlar 1500
nafar italiyalik, 1000 nafar amerikalik chaqaloqlarda sinalgan formulani ham
aniqlashgan.
Aslida mazkur “test” belgilanganidan bir
necha yil oldin boshlangandi. Sababi, tug`ilganidanoq tadqiqot ishtirokchisiga
aylangan bolalar allaqachon 4-10 yoshga kirishga ulgurishgandi. Olimlar bir
yashar mittivoylar ma’lumotlarini taxlil qilgach va ular taqdirini o`z
kalkulyatorlarida “xisoblagach” 75% xolatda ularning ortiqcha vazni borasida
haq ekanliklari ma’lum bo`lgan. Shunday bo`lsada dastur yaratuvchilari unga
ilmiy jixatdan aniqlik yetishmasligini ham ma’lum qilishgan. Nega degand,
kalkulyator genetic mutatsiya va boshqa bir qancha jarayonlarni mutlaqo xisobga
olmaydi. Boshqa olimlarning fikricha qolgan
25% xolat ilm-fan uchun juda kata xatolikdir.
Комментариев нет:
Отправить комментарий