Янгиликлар

FRANSIYADA SOLIQ INQILOBI DAVOM ETADI

Fransiya konstitutsiyaviy sudi prezidenti Fransua Ollandning yiliga 1 million yevrodan maosh oladigan shaxslarga 75%lik soliqni joriy etishdagi qarorni maqulladi, deb xabar qiladi “Bloomberg”. Mazkur qaror joriy yil oxirigacha amal qiladi. Qonunga ko`ra, to`lov miqdori kompaniya yillik daromadining 5 %idan oshmasligi kerak.
Dastlab sud soliq joriy etishni rad etdi. Chunki, u uy xo`jaliklarini emas, balki individlarni to`lovga joriy etish ko`zda tutilgandi. Bundan tashqari 66%dan yuqori stavka “musodara” xisoblanishi bayon qilindi. Shundan so`ng, farmon matni mamlakat konstitutsiyasi talablariga binoan qayta yozildi. Unga ko`ra, soliq stavkalarining kata qismi kompaniyalaridan yig`ib olinadi.
Yangi soliq to`g`risidagi taklif Ollandning 2012 yildagi saylovoldi kompaniyasidagi asosiy shiorlaridan biri bo`lgandi. Keyinroq esa u so`nggi vaqtlarda Fransiyada olib borilayotgan nixoyatda qattiq soliq siyosati ramizga aylandi. Ma’lumki, yangi soliq tizimining joriy etilishi tufayli ayrim boy fransuzlar mamlakatni tark etish istagini bildirdilar. Jumladan, aktyor Jerar Deparde va eng boy fransuz Bernar Arno xorijga ko`chib o`tishni ma’qul ko`rdi. Bundan tashqari, soliq kuchli ta’sir qiladigan fransuz futbol klublari uch kunlik ish tashlashni e’lon qilishga qaror qilgandilar. 
Manba:Businessweek

Комментариев нет: