YEVROPA IQTISODIYOTI – KIM YETAKCHI
Buyuk
Britaniya 2030 yilga kelib, hozir yetakchi bo`lgan Germaniyani ko`rsatkichlar
bo`yicha ortda qoldirib, Yevropaning yirik iqtisodiy mamlakatiga aykanadi, deya
bashorat qilmoqda Britaniyaning iqtisodiy va amaliy tadqiqotlar markazi (CEBR).
CEBR
xisob-kitoblariga ko`ra, 2028 yilga borib, Buyuk Britaniyaning YAIM hajmi 2.5
trln $ dan 4,3 trln $ga oshadi. Germaniya iqtisodiyoti esa shu davrda 3,4
trldan – 4,4 trln $ga o`sishi kerak. 2030 yilda har ikki mamlakat reytingda
o`rinlar bilan almashganida YAIM da qanday hajmga erishishi aniq keltirilmagan.
Taxliliy
markaz ma’lumotlariga ko`ra, Buyuk Britaniyada yirik iqtisodiyot maqomiga ega
bo`lishga yordam beradigan bir necha omillar mavjud. Bu birinchi navbatda,
aholi sonining o`sib borishi bo`lsa, shuningdek, qulay soliq tizimi va
yevroxududning inqirozli holatlaridan birmuncha himoyalanganlik ham anashunday
omillardan hisoblanadi.
O`z
navbatida Germaniya Yevropa Ittifoqining yirik iqtisodiyotga ega mamlakati
bo`lib qolish imkoniyatini o`zida saqlab qolmoqda. Biroq, bunday bo`lishiga
yevroxududning gipoteza asosidagi parchalanishi xalaqit berishi mumkin. Garchi,
voqealarning bunday rivoji kuzatilmasada, GFR demografik qiyinchiliklar va
yevroxududning iqtisodiyoti birmuncha kuchsiz bo`lgan mamlakatlarga yordam
berish zaruriyati tufayli Buyuk Britaniyadagi kabi jadal bo`lmasa-da,
rivojlanishda davom etadi.
Mutaxassislarning
ta’kidlashlaricha, kuchli iqtisodiyotga ega mamlakatlar reytingida egallagan
o`rnini mustaxkamlash uchun Buyuk Britaniya o`z eksportini asosan tez
rivojalanayotgan bozorlarga qayta yo`naltirish kerak.Bundan tashqari, London
oldida turgan qiyinchiliklar orasida mamlakatni bo`linib ketish xavfi ham
borligi, tayyorlangan xisobotda qayd etilgan.
CEBRning
bashorat qilishicha, 2028 yilga borib Xitoy AQSHdan dunyoning kuchli
iqtisodiyotga ega maqomini tortib oladi. Raqamlar bilan aytganda, Amerika
iqtisodiyoti hajmi 32,2 trillion $ni tashkil etgan bir paytda XXRning bu
boradagi ko`rsatkichi 33,5 trillion $ ni tashkil etadi.
Britoniyaning
iqtisodiy va amaliy tadqiqotlar markazi YAIM, inflayatsiya va valyuta qiymati
o`sishi bilan bog`liq ma’lumotlarga asoslanib, dunyoning kata iqtisodiyotga ega
30 ta mamlakatning rivojlanish borasidagi o`z xulosalarini tayyorladi.
Manba : ipajournal
Комментариев нет:
Отправить комментарий