Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti
(OPEK) joriy yilda dunyo bo`yicha neftga bo`lgan talabning yanda oshishini
taxmin qilmoqda. Xususan, kuniga qazib olinayotgan “qora oltin” hajmi 1,14
million barrelga ko`payib, umumiy miqdor 91,14 million barrelga yetishi mumkin.
Bashoratlarga ko`ra, neftga bo`lgan talab avval taxmin qilinganiga qaraganda,
kuniga 50 ming barrel yuqori bo`ladi.
Ayni damda
OPEKga a’zo b`olgan mamlakatlarda neftga bo`lgan talab fevral oyining o`zida
kuniga 100 ming barrel ko`p bo`lib, ya’ni umumiy hajmdan 29,7 million barrel
darajani tashkiletgan. Tashkilotga a’zo bo`lmagan davlatlarda esa neftni qazib
olish kuniga 1,3 million barrelni berib, 55,49 million barrelni tashkil etgan.
OPEK fevral
yida xom-ashyoga bo`lgan talab keskin ko`tarilib, narx 70%ga, umumiy qiyamti
105 $gacha oshgani qayd qilib o`tgan. Asosiy sabablar sifatida mahsulotning
yetkazib berishdagi kechikishlar va ba’zi mamlakatlardagi siyosiy holatning
yomonlashganligi ham keltirilgan. 2013 yil yakuniy holatiga ko`ra, neftga
bo`lgan extiyoj 70 ming barrelga oshishi va kuniga 1,05 million barrelgacha
yetishi prognoz qilingan edi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий