Bir necha
halqaro rieltorlik agentliklarning mutaxassislari dunyodagi jamiki ko`chmas
mulk qiymatini hisoblab chiqishdi.Ularning ma’lum qilishlaricha, dunyoda mavjud
bo`lgan turar joy binolari va boshqa inshootlarning umumiy qiymati 180 trillion
dollarni tashkil etar ekan.
Yashash
uchun mo`ljallangan binolar jami ko`chmas mulkning 72% ini tashkil etadi. Bu
asosan o`rta darajadagi aholi istiqomat qiluvchi uylardir. Yevropaliklarning
uchdan bir qismi va osiyoliklarning 27 % ini ortiqcha puliga ko`chmas mulk sotib
olishni ma’qul ko`rishlari ma'lum bo`ldi. Mablag`i 30 million dollardan ortiq bo`lgan korchalonlarga
esa dunyodagi ko`chmas mulkning faqat 3 % i to`g`ri kelar ekan. Ularning umumiy
miqdori yoki qiymati esa 5 trillion dollardan ortiq.
Комментариев нет:
Отправить комментарий