Bozorning salbiy tomonlari ham mavjud bo`lib,
ularga qisqacha ta'rif berishni joiz deb topdim, garchi ba'zi tanqidiy fikrlarga uchrasada har kim o`zining qarashlariga egadir:
1) Takror ishlab chiqarilmaydigan
resurslarning saqlanishiga ko`maklashmaydi;
2) Atrof-muhitni himoya qilishning
iqtisodiy mexanizmiga ega emas, faqat qonuniy hujjatlar tadbirkorlarni turli
xil ekologik ishlab chiqarishni yaratish uchun mablag` sarflashga majbur etishi
mumkin;
3) Butun isnoniyatga tegishli bo`lgan
resurslardan, masalan, okeandagi baliq boyliklaridan foydalanishni tartibga
solmaydi;
4) Bozor sharoitida ba’zan qabul
qilinayotgan potensial salbiy oqibatlar inkor etiladi. DDT (mineral o`g`it)ning
uzoq vaqt qo`llanilishi bunga misol bo`laoladi. 1948 yilda shvetsiyalik
kimyogar P.Myuller DDTni ochganligi uchun Nobel mukofotini olgan edi, u qishloq
xo`jalik zararkunadalari, turli xil kasalliklar, jumladan, bezgak kasalligini
tarqatuvchilarga qarshi kurashda keng qo`llaniladi. Lekin, 60-yillarning
boshlariga kelib, DDT organizmlarning irsiy tuzilishiga ta’sir etadigan kuchli
zaxar ekanligi ravshan bo`lib qoldi. Shunga qaramay R.Garson “o`lim dorisi” deb
atagan bu modda AQSHda 1972 yilgacha ishlab chiqarildi va qo`llanilib kelindi.
5) Jamoa bo`lib foydalaniladigan
tovarlar va xizmatlarni (yo`llar, dambalar, jamoat transporti, maorif,
sog`liqni saqlash va h.k.z) ishlab chiqarish uchun rag`batlantni vujudga
keltirmaydi;
6) Mehnat va daromad olishni
kafolatlamaydi, daromadni qayta taqsimlashni ta’minlaydi. P.Samuelsonning
so`zlariga ko`ra, bozor tizimi jiddiy tengsizlikni takror ishlab chiqaradi;
7) Fanda fundamental tadqiqotlarni ta’minlamaydi;
8) Bozor ijtimoiy zarur bo`lgan tovarlarni
ishlab chiqarishga emas, balki puli bor odamlarning ehtiyojini qondirishga
yo`naltirilgan. A.Blomkvist, P.Vonnakott fikricha, zaif va himoyasizlarga u
ochlikdan o`lish erkinligidan ko`proq narsa bera olmaydi.
9) Beqaror rivojlanish va shunga xos
bo`lgan retssesion hamda inflatsion jarayonlarga mubtalodir.
Bunday kamchilik va tanqidiy qarashlarni davom
ettirish mumkin, agarda “o`zgacha xulosa” tug`ilib qolsa qabul qilinadi.
P/S: Bunday
kamchiliklar dunyo iqtisodiyotiga tayangan holda bildirildi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий