FRANSIYADA SOLIQ INQILOBI DAVOM ETADI
Fransiya
konstitutsiyaviy sudi prezidenti Fransua Ollandning yiliga 1 million yevrodan
maosh oladigan shaxslarga 75%lik soliqni joriy etishdagi qarorni maqulladi, deb
xabar qiladi “Bloomberg”. Mazkur qaror joriy yil oxirigacha amal qiladi.
Qonunga ko`ra, to`lov miqdori kompaniya yillik daromadining 5 %idan oshmasligi
kerak.
Dastlab sud
soliq joriy etishni rad etdi. Chunki, u uy xo`jaliklarini emas, balki
individlarni to`lovga joriy etish ko`zda tutilgandi. Bundan tashqari 66%dan
yuqori stavka “musodara” xisoblanishi bayon qilindi. Shundan so`ng, farmon
matni mamlakat konstitutsiyasi talablariga binoan qayta yozildi. Unga ko`ra,
soliq stavkalarining kata qismi kompaniyalaridan yig`ib olinadi.
Yangi soliq
to`g`risidagi taklif Ollandning 2012 yildagi saylovoldi kompaniyasidagi asosiy
shiorlaridan biri bo`lgandi. Keyinroq esa u so`nggi vaqtlarda Fransiyada olib
borilayotgan nixoyatda qattiq soliq siyosati ramizga aylandi. Ma’lumki, yangi
soliq tizimining joriy etilishi tufayli ayrim boy fransuzlar mamlakatni tark
etish istagini bildirdilar. Jumladan, aktyor Jerar Deparde va eng boy fransuz
Bernar Arno xorijga ko`chib o`tishni ma’qul ko`rdi. Bundan tashqari, soliq
kuchli ta’sir qiladigan fransuz futbol klublari uch kunlik ish tashlashni e’lon
qilishga qaror qilgandilar.
Manba:Businessweek
Комментариев нет:
Отправить комментарий