Статистика

YEVROPA IQTISODIYOTI – KIM YETAKCHI
Buyuk Britaniya 2030 yilga kelib, hozir yetakchi bo`lgan Germaniyani ko`rsatkichlar bo`yicha ortda qoldirib, Yevropaning yirik iqtisodiy mamlakatiga aykanadi, deya bashorat qilmoqda Britaniyaning iqtisodiy va amaliy tadqiqotlar markazi (CEBR).

CEBR xisob-kitoblariga ko`ra, 2028 yilga borib, Buyuk Britaniyaning YAIM hajmi 2.5 trln $ dan 4,3 trln $ga oshadi. Germaniya iqtisodiyoti esa shu davrda 3,4 trldan – 4,4 trln $ga o`sishi kerak. 2030 yilda har ikki mamlakat reytingda o`rinlar bilan almashganida YAIM da qanday hajmga erishishi aniq keltirilmagan.
Taxliliy markaz ma’lumotlariga ko`ra, Buyuk Britaniyada yirik iqtisodiyot maqomiga ega bo`lishga yordam beradigan bir necha omillar mavjud. Bu birinchi navbatda, aholi sonining o`sib borishi bo`lsa, shuningdek, qulay soliq tizimi va yevroxududning inqirozli holatlaridan birmuncha himoyalanganlik ham anashunday omillardan hisoblanadi.
O`z navbatida Germaniya Yevropa Ittifoqining yirik iqtisodiyotga ega mamlakati bo`lib qolish imkoniyatini o`zida saqlab qolmoqda. Biroq, bunday bo`lishiga yevroxududning gipoteza asosidagi parchalanishi xalaqit berishi mumkin. Garchi, voqealarning bunday rivoji kuzatilmasada, GFR demografik qiyinchiliklar va yevroxududning iqtisodiyoti birmuncha kuchsiz bo`lgan mamlakatlarga yordam berish zaruriyati tufayli Buyuk Britaniyadagi kabi jadal bo`lmasa-da, rivojlanishda davom etadi.
Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, kuchli iqtisodiyotga ega mamlakatlar reytingida egallagan o`rnini mustaxkamlash uchun Buyuk Britaniya o`z eksportini asosan tez rivojalanayotgan bozorlarga qayta yo`naltirish kerak.Bundan tashqari, London oldida turgan qiyinchiliklar orasida mamlakatni bo`linib ketish xavfi ham borligi, tayyorlangan xisobotda qayd etilgan.
CEBRning bashorat qilishicha, 2028 yilga borib Xitoy AQSHdan dunyoning kuchli iqtisodiyotga ega maqomini tortib oladi. Raqamlar bilan aytganda, Amerika iqtisodiyoti hajmi 32,2 trillion $ni tashkil etgan bir paytda XXRning bu boradagi ko`rsatkichi 33,5 trillion $ ni tashkil etadi.

Britoniyaning iqtisodiy va amaliy tadqiqotlar markazi YAIM, inflayatsiya va valyuta qiymati o`sishi bilan bog`liq ma’lumotlarga asoslanib, dunyoning kata iqtisodiyotga ega 30 ta mamlakatning rivojlanish borasidagi o`z xulosalarini tayyorladi. 
Manba : ipajournal

Комментариев нет: