Тадқиқот

         KELAJAKDAN SO`ZLOVCHI KALKULYATOR
Italiyaning Verona universiteti olimlari antiqa kashfiyotlardan birini ma’lum qilishmoqda.  Ular yaratgan  kalkulyator  do`mboqqina chaqaloqni kelajakda ortiqcha vazn xavf solishi mumknligini aniqlay oladi. Tadqiqotda yangi tug`ilgan chaqaloqlarning 4 mingga yaqini 10 yil mobaynida o`rganilganligi aytilgan.

Ular ishtirokchilarning ulg`ayish bosqichlarida tanasi og`irligi, tug`ilgandagi vazni, onasining salomatligi va uning zararli odatlari kabilarni taxlil qilishgan. Natijada ekspertlar 1500 nafar italiyalik, 1000 nafar amerikalik chaqaloqlarda sinalgan formulani ham aniqlashgan.

Aslida mazkur “test” belgilanganidan bir necha yil oldin boshlangandi. Sababi, tug`ilganidanoq tadqiqot ishtirokchisiga aylangan bolalar allaqachon 4-10 yoshga kirishga ulgurishgandi. Olimlar bir yashar mittivoylar ma’lumotlarini taxlil qilgach va ular taqdirini o`z kalkulyatorlarida “xisoblagach” 75% xolatda ularning ortiqcha vazni borasida haq ekanliklari ma’lum bo`lgan. Shunday bo`lsada dastur yaratuvchilari unga ilmiy jixatdan aniqlik yetishmasligini ham ma’lum qilishgan. Nega degand, kalkulyator genetic mutatsiya va boshqa bir qancha jarayonlarni mutlaqo xisobga olmaydi. Boshqa olimlarning fikricha  qolgan 25% xolat ilm-fan uchun juda kata xatolikdir.

Комментариев нет: