18 апреля, 2014

BOZOR MEXANIZMINING KAMCHILIKLARI

Bozorning salbiy tomonlari ham mavjud bo`lib, ularga qisqacha ta'rif berishni joiz deb topdim, garchi ba'zi tanqidiy fikrlarga uchrasada har kim o`zining qarashlariga egadir:

    1)      Takror ishlab chiqarilmaydigan resurslarning saqlanishiga ko`maklashmaydi;
    2)      Atrof-muhitni himoya qilishning iqtisodiy mexanizmiga ega emas, faqat qonuniy hujjatlar tadbirkorlarni turli xil ekologik ishlab chiqarishni yaratish uchun mablag` sarflashga majbur etishi mumkin;
    3)      Butun isnoniyatga tegishli bo`lgan resurslardan, masalan, okeandagi baliq boyliklaridan foydalanishni tartibga solmaydi;
    4)      Bozor sharoitida ba’zan qabul qilinayotgan potensial salbiy oqibatlar inkor etiladi. DDT (mineral o`g`it)ning uzoq vaqt qo`llanilishi bunga misol bo`laoladi. 1948 yilda shvetsiyalik kimyogar P.Myuller DDTni ochganligi uchun Nobel mukofotini olgan edi, u qishloq xo`jalik zararkunadalari, turli xil kasalliklar, jumladan, bezgak kasalligini tarqatuvchilarga qarshi kurashda keng qo`llaniladi. Lekin, 60-yillarning boshlariga kelib, DDT organizmlarning irsiy tuzilishiga ta’sir etadigan kuchli zaxar ekanligi ravshan bo`lib qoldi. Shunga qaramay R.Garson “o`lim dorisi” deb atagan bu modda AQSHda 1972 yilgacha ishlab chiqarildi va qo`llanilib kelindi.
5)      Jamoa bo`lib foydalaniladigan tovarlar va xizmatlarni (yo`llar, dambalar, jamoat transporti, maorif, sog`liqni saqlash va h.k.z) ishlab chiqarish uchun rag`batlantni vujudga keltirmaydi;
6)      Mehnat va daromad olishni kafolatlamaydi, daromadni qayta taqsimlashni ta’minlaydi. P.Samuelsonning so`zlariga ko`ra, bozor tizimi jiddiy tengsizlikni takror ishlab chiqaradi;
7)      Fanda fundamental tadqiqotlarni ta’minlamaydi;
8)      Bozor ijtimoiy zarur bo`lgan tovarlarni ishlab chiqarishga emas, balki puli bor odamlarning ehtiyojini qondirishga yo`naltirilgan. A.Blomkvist, P.Vonnakott fikricha, zaif va himoyasizlarga u ochlikdan o`lish erkinligidan ko`proq narsa bera olmaydi.
9)      Beqaror rivojlanish va shunga xos bo`lgan retssesion hamda inflatsion jarayonlarga mubtalodir. 
Bunday kamchilik va tanqidiy qarashlarni davom ettirish mumkin, agarda “o`zgacha xulosa” tug`ilib qolsa qabul qilinadi.

P/S: Bunday kamchiliklar dunyo iqtisodiyotiga tayangan holda bildirildi.

12 апреля, 2014

JAMIKI KO`CHMAS MULK HAJMI QANCHA?

Bir necha halqaro rieltorlik agentliklarning mutaxassislari dunyodagi jamiki ko`chmas mulk qiymatini hisoblab chiqishdi.Ularning ma’lum qilishlaricha, dunyoda mavjud bo`lgan turar joy binolari va boshqa inshootlarning umumiy qiymati 180 trillion dollarni tashkil etar ekan.


Yashash uchun mo`ljallangan binolar jami ko`chmas mulkning 72% ini tashkil etadi. Bu asosan o`rta darajadagi aholi istiqomat qiluvchi uylardir. Yevropaliklarning uchdan bir qismi va osiyoliklarning 27 % ini ortiqcha puliga ko`chmas mulk sotib olishni ma’qul ko`rishlari ma'lum bo`ldi. Mablag`i 30 million dollardan ortiq bo`lgan korchalonlarga esa dunyodagi ko`chmas mulkning faqat 3 % i to`g`ri kelar ekan. Ularning umumiy miqdori yoki qiymati esa 5 trillion dollardan ortiq.

"APPOSTILLE" NIMA DEGANI?

Hukumatimizning 2011 yil 17 noyabrdagi tegishli qarori 1-ilovasiga ko`ra, “Apostil qo`yish tartibi to`g`risida”gi Nizom tasdiqlandi va u 2012 yilning 15 aprelidan e’tiboran qonuniy kuchga kirdi. Unda respublikamiz hududida tuzilgan rasmiy hujjatlarga “Apostille” – apostil qo`yish tartib-qoidalari aniq belgilab berildi.

Apostil – maxsus shtamp hisoblanadi. U hujjatga qo`l qo`ygan shaxsning imzosi, shu hujjatni tasdiqlaydigan muxr yoki shtampning bosma izi haqiqiyligini tasdiqlaydigan xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi Konvensiyaga muvofiq berilayotgan rasmiy hujjatga chet elda foydalanish uchun qo`yiladi. Soddaroq qilib aytganda, apostil qo`yish ushbu hujjatni imzolagan shaxsning imzosi, muxr yoki shtamp izi haqiqiyligini tasdiqlashning rasmiy tartib-qoidasidir.
Shuningdek, apostil qo`yish tartibida “yulduzch” ham mavjud. U hujjat varaqlari mahkamlanadigan joyga yopishtiriladigan hamda apostil qo`ygan vakolatli davlat idorasining gerbil muhri bosiladigan qalin qog`zodir.

Apostil shakli o`zbek yoki ingliz tilida to`ldiriladi. U qo`yilgandan so`ng qo`shimcha ravishda tadiqlash talab qilinmaydi. 

11 апреля, 2014

NEFTNI NARXI OSHISHI KUTILMOQDA

Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK) joriy yilda dunyo bo`yicha neftga bo`lgan talabning yanda oshishini taxmin qilmoqda. Xususan, kuniga qazib olinayotgan “qora oltin” hajmi 1,14 million barrelga ko`payib, umumiy miqdor 91,14 million barrelga yetishi mumkin. Bashoratlarga ko`ra, neftga bo`lgan talab avval taxmin qilinganiga qaraganda, kuniga 50 ming barrel yuqori bo`ladi.

Ayni damda OPEKga a’zo b`olgan mamlakatlarda neftga bo`lgan talab fevral oyining o`zida kuniga 100 ming barrel ko`p bo`lib, ya’ni umumiy hajmdan 29,7 million barrel darajani tashkiletgan. Tashkilotga a’zo bo`lmagan davlatlarda esa neftni qazib olish kuniga 1,3 million barrelni berib, 55,49 million barrelni tashkil etgan.

OPEK fevral yida xom-ashyoga bo`lgan talab keskin ko`tarilib, narx 70%ga, umumiy qiyamti 105 $gacha oshgani qayd qilib o`tgan. Asosiy sabablar sifatida mahsulotning yetkazib berishdagi kechikishlar va ba’zi mamlakatlardagi siyosiy holatning yomonlashganligi ham keltirilgan. 2013 yil yakuniy holatiga ko`ra, neftga bo`lgan extiyoj 70 ming barrelga oshishi va kuniga 1,05 million barrelgacha yetishi prognoz qilingan edi.